"Manchester Siti" "Stemford Bridj"da "Chelsi"ni tor-mor etdi va peshqadamga yaqinlashdi
12.04.2026 22:40 Ўқилди: 429
Londondagi "Stemford Bridj" stadionida kechgan o'yinda Xosep Gvardiola shogirdlari 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuvni Kris Kavana boshqarib bordi.
O'yin taqdiri ikkinchi bo'limda hal bo'ldi. 51-daqiqada Niko O'Rayli hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay Mark Gexi mehmonlarning ustunligini mustahkamladi. 68-daqiqada Jeremi Doku "shaharliklar"ning uchinchi golini kiritib, yakuniy hisobni o'rnatdi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Manchester Siti" 64 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Gvardiola jamoasi peshqadam "Arsenal"dan (70 ochko) 6 ochkoga ortda qolmoqda, ammo "Siti"da bitta zaxira o'yini mavjud. "Chelsi" esa 48 ochko bilan 6-pog'onada qoldi.
Endi barchaning e'tibori 33-turga qaratiladi. 18 aprel kuni "Chelsi" "Manchester Yunayted" mehmoni bo'lsa, 19 aprel kuni chempionlik taqdirini hal qiluvchi "Manchester Siti" - "Arsenal" superto'qnashuvi bo'lib o'tadi.