"FarDU" ustozi Shavkat Yusupov: "Zich taqvimda barchaga imkoniyat berishga harakat qilyapmiz"
12.04.2026 22:24 Ўқилди: 574
"Bugungi o'yinga jamoamiz bilan yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Jamoamiz muxlislari, rahbarlari, futbolchilarini g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi uchrashuvlarda ham g'alaba uchun harakat qilib, borimizni beri kurashishda davom etamiz. Chempionat endi boshlandi, oldinda o'yinlarimiz ko'p. Barcha o'yinlarda ijobiy natija qayd etish uchun qo'limizdan kelgan hamma imkoniyatni ishga solamiz",- deydi Shavkat Yusupov.
- Dastlabki boshlang'ich tarkibda Bobur Farhodovni sinab ko'rdingiz. Rizo Ayvazov bilan raqobatda Farhodov ustun kelgan deb hisoblaysizmi?
- Ularning poziciyasini hisobga oladigan bo'lsak, Bobur Farhodovni markazroqda o'ynatdik. Rizo Ayvazov bizda nominal hujumchi. Ularning joylashuvida farq bor. Rotaciyalar amalga oshiryapmiz, oldimizda zich taqvim turibdi. Shundan kelib chiqib hammaga imkoniyat berishga harakat qilmoqdamiz.
- Keyingi o'yin 15 aprel kuni "Sho'rtan"ga qarshi bo'ladi. Taqvim haqida fikringiz qanday?
- Aytib o'tganimdek ertaga safarga otlanamiz. 14 aprel kuni mashg'ulot o'tkazib, ertasiga maydonga chiqamiz. "Sho'rtan" Pro liganing eng tajribali jamoalaridan biri. Ularga qarshi o'ynash biz uchun tajriba. Yaxshi o'yin o'tkazishga harakat qilamiz.
- "FarDU" oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
- Rahbarlarimiz bizdan doim yuqori natija kutishadi. Har bir o'yinda g'alaba uchun kurashamiz. Ularning ishonchini oqlashga chin dildin intilamiz.