
- Butun jamoani g'alaba bilan tabriklayman. Kelgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. Kerakli ochkolarni qo'lga kiritdik. Uchrashuv oson kechmadi, birinchi bo'limda ko'p jihatlar o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda zarur ko'rsatmalar berilgach, futbolchilar yaxshi o'yin namoyish etishdi. Har tomonlama ustunlikka erishib, muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Endi keyingi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, vaqt ziq. Har bir uchrashuvga puxta hozirlik ko'rishimiz shart. Maksimal darajada harakat qilib, ochkolarni jamg'arishimiz lozim, - dedi Timur Kapadze.
- Birinchi golga qadar "Navbahor"ni taniy olmadik. Avvalgi o'yinlarda, masalan, "Andijon"ga qarshi bahsda raqibning xG ko'rsatkichi yuqori bo'lgan edi. Bu holat sizni o'ylantirmayaptimi?
- Ular bizga birorta ham zarba bermadi. Qanday qilib xG bo'lishi mumkin? Menimcha, oldinga uzatilgan ayrim paslar ham hisobga olinayotgandir. Surxon yoshlardan tashkil topgan yaxshi jamoa bo'lib, kuchli pressing qiladi. Yigitlar harakat qilishdi, bu jihatlarni yanada yaxshilaymiz. O'yinning dastlabki qismida pressingda xatolarga yo'l qo'ydik. Ikkinchi bo'limda esa kamchiliklarni bartaraf etdik. Raqib jamoaning imkoniyatlari ham ko'p narsaga ta’sir qiladi. Andijondagi bahsda futboldan ko'ra kurash ko'proq bo'lgan edi. Bugungi o'yinni tahlil qilishimiz kerak bo'lgan jihatlar mavjud. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Futbolchilarni yanada rivojlantiramiz. Har kuni nazariy mashg'ulotlar o'tkazamiz. Bugun maydonda har bir futbolchi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Golli vaziyatlar albatta bo'ladi. Hozir eng muhimi - ochkolarni jamg'arish.
- Jamoaning legionerlari haqida qanday fikrdasiz? Kati, Aleks va Ilich bugun yaxshi o'ynadi. Kati sariq kartochka sabab almashtirildimi?
- Katiga nisbatan ko'p savollar bor edi, ayniqsa pressing masalasida. "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin qiyin holatda maydonga tushdi. O'sha bahs ta’siri sezildi, tetik emasdi. Shunga qaramay, bor kuchini sarfladi. Qolgan legionerlar ham shunday harakat qildi. Tarkibimizdagi 23 nafar futbolchi bir-biriga munosib. Rotaciya qilish imkoniyati mavjud va apreldagi zich taqvimda bu juda zarur. Jarohat olganlar qaytsa, jamoaga yanada kuch bag'ishlaydi. Maydonda individual mahoratidan tashqari jamoaviy o'yin ham katta ahamiyatga ega.
- Merganov bilan to'qnashuvda Katiga sariq kartochka ko'rsatildi. Vaziyat qizil kartochkaga ham tortishi mumkin edi. Siz bu borada yordamchi hakam bilan bahslashdingiz...
- Darvozabonning o'zi to'pga qarab chiqdi. Agar darvozabon birinchi harakat qilsa va hujumchi to'p uchun kurashsa, nima qilish kerak? Meningcha, darvozabon o'zi sakradi. U to'pni tepmoqchi bo'ldi, lekin eplay olmadi. Atay qilingan qoidabuzarlik esa boshqa masala. Katiga yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan edi, tezroq harakat qilganida gol urishi mumkin bo'lardi.
- Kapadzeda so'z va amal uyg'unligi kuzatilmoqda. Bu muxlislarni quvontirmoqda. Rotaciyalar imkoniyat tufaylimi yoki majburiyatdan kelib chiqmoqdami?
- Bu yerda majburiylik yo'q. Har bir futbolchi ko'rsatmalarimizni bajarsa, o'z imkoniyatini namoyon eta oladi. O'tgan tur og'ir kechgani sababli rotaciya zarur edi. Birinchi bo'limda kurashlar ko'p bo'ladi, bu esa kuch sarfiga ta’sir qiladi. Shuning uchun har bir detalni hisobga olamiz. Kimdir asosiy tarkibda, kimdir zaxiradan maydonga tushadi. Muhimi - jamoaga foyda keltirish. Ularning salohiyatini yaxshi bilaman. Jamoa 11 nafar futbolchidan iborat emas. Jarohatlar va ketma-ket o'yinlar bor. Shu bois har bir futbolchi o'zini asosiy tarkib a'zosi deb his qilishi kerak. G'alabada barchaning hissasi bor. Bir yoqadan bosh chiqarsak, kuchli bo'lamiz. Niyatimiz xolis, muxlislarimiz duoda. Rahbariyatimiz ham har tomonlama qo'llab-quvvatlamoqda. Maqsadga erishish uchun birgalikda harakat qilish zarur. Ayrim ochkolarni yo'qotdik, ammo bu vaqtinchalik holat. Jamoada ko'plab yangi futbolchilar bor, ularni o'yinlar orqali yaqindan tanib bormoqdaman.
- Ko'p rotaciyalar futbolchilarning noroziligiga sabab bo'lmayaptimi?
- Yo'q, norozilik yo'q. Har bir futbolchini tonusda ushlashga harakat qilyapman. Ketma-ket o'yinlar charchoqni keltirib chiqaradi. Shu yo'l bilan o'yinchilar maydonga tetik holda chiqishadi. Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan futbolchilar jamoani kuchaytiradi. Birinchi bo'limda havo issiq bo'ldi, kurashlar ko'p kuzatildi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar o'yinni o'zgartirdi. Futbol - 90 daqiqalik o'yin. Biz shunga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu tabiiy holat. Bu borada muammo yo'q.
- Muhammadali G'iyosov qachon safga qaytadi?
- Biz ham shuni kutyapmiz. U davolanish jarayonini davom ettirmoqda. G'iyosov raqib himoyachilari uchun jiddiy muammo tug'dira oladigan futbolchi. Husayn Norchaev ham qaytsa, men uchun tanlov yanada mushkullashadi. Hozir esa ochkolarni jamlab, jadvalda yuqorilash muhim. Har bir futbolchidan unumli foydalanamiz. "Olimpik" va terma jamoada ham shu tamoyilga amal qilganman. Futbolchi chaqirildimi - demak, jamoaga kerak. Men bergan imkoniyatdan u qanday foydalanishi muhim.
- Futbolchilik faoliyatingizdan buyon sizni omadli inson, deb atashadi. Qaysi jamoaga borsangiz, chempion bo'lgansiz. Terma jamoa bilan Olimpiada va Jahon chempionati yo'llanmalari ham chempionlikka teng. Qachondir bu omad ish bermasligi mumkin, degan o'y bo'lganmi?
- Hayotda doim to'g'ri yo'l tutganman. Ishga qalbdan yondashaman va nima noto'g'ri ekanini yaxshi bilaman. Kattalarning duosini olib, hammaga birdek munosabatda bo'lishga harakat qilaman. Inson to'g'ri bo'lsa va mehnat qilsa, albatta maqsadiga etadi. Kerak bo'lsa, kecha-kunduz mehnat qilamiz. Biror natijaga erishish uchun harakat zarur. Harakatda barakat. Xudo ham yo'limizni ochadi.

![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25186 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15472 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10685 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7186 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7130 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 6964 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5498 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 12.04.2026 21:48 Ўқилди 4699 "Sho'rtan" "Kattaqo'rg'on"ni taslim etgan o'yindan FOTOGALEREYA |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4535 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4284 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
Реклама
Сайт хақида