"Barselona" va "Manchester Yunayted" sensacion almashuvni tayyorlamoqda
09.03.2026 17:48 Ўқилди: 515
Unga ko'ra, vinger Markus Reshford kataloniyaliklar himoyachisi Alexandro Baldega almashinuvning bir qismiga aylanishi mumkin.
"Transfer News Live" malumotlariga qaraganda, ingliz klubi "Barselona" chap qanot himoyachisini tarkibga qo'shib olishga qiziqmoqda. Shu bilan birga, "Barselona" Reshfordni safida qoldirishga tayyor ekani, buning uchun uni sotib olish huquqini faollashtirishi mumkinligi aytilmoqda.
Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" Baldega almashish evaziga vingerni kataloniyaliklarga bepul taklif qilishga tayyor. Agar "Barselona" bu taklifni rad etsa, "Yunayted" ispaniyalik himoyachini to'g'ridan-to'g'ri taxminan 36 mln funtga xarid qilish variantini ham ko'rib chiqmoqda.