"Sevilya" murabbiyi "Real" va "Barselona" haqida: "Ular La Ligani zerikarli qilib qo'yishmoqda"
15.11.2026 23:24 Ўқилди: 292
"Yetakchi uchlik o'z o'rinlarini qanday saqlab qolayotgani hayratlanarli. Yaqinda bir taxmin qilgandim - unga ko'ra, bunday suratda ular taxminan 90 ochko jamg'arishadi. Bu juda katta farq, ligamizda ikkita jamoa mutlaq ustunlikka ega. 'Atletiko' biroz orqaroqda, biroq ular to'rtinchi o'rindan ancha yuqorida turishibdi.
Ulardan keyin 'Betis', 'Vilyarreal', 'Atletik' va 'Real Sosedad' bormoqda, qolganlar esa ancha past darajada. Ular La Ligani zerikarli qilib qo'yishmoqda", - dedi Garsiya.