Misr futbol assosiasiyasi milliy terma jamoa boş murabbiyi Husam Hasan lavozimini tark etganini e’lon qildi. Uning örniga 52 yoşli Ali Maher tayinlandi.
Uşbu qaror assosiasiya direktorlar kengaşining 7 noyabr kuni bölib ötgan yiğilişida qabul qilindi. Taşkilot Hasan va uning murabbiylar hamda ma’muriy ştabiga mehnati uçun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tiladi.
2024 yil fevral oyidan buyon Misr terma jamoasini boşqarib kelgan Hasan jamoani JÇ-2026ga olib çiqdi. Misrliklar musobaqa tarixida ilk bor guruh bosqiçidan ötib, nimçorak finalga qadar yetib bordi. Şuningdek, terma jamoa 2025 yilgi Afrika millatlar kubogida törtinçi örinni egalladi.
Yangi boş murabbiy Ali Maher futbolçilik faoliyatida «Al-Ahli» va Misr terma jamoasi şarafini himoya qilgan. Murabbiy sifatida esa ikki marta Misr Liga kubogini qölga kiritgan.