Nigeriyaning 17 yoşgaça bölgan qizlar terma jamoasi FIFA musobaqasida ğolib çiqib, tarixiy natijaga erişdi.
Mazkur muvaffaqiyat orqali nigeriyalik futbolçi qizlar FIFA taşkil etadigan turnirda çempion bölgan ilk Afrika vakillariga aylandi.
Nigeriya terma jamoasi hal qiluvçi bahsda kuçli raqib sanalgan Yaponiyani mağlub etib, boş sovrinni qölga kiritdi.
Milliy terma jamoa sönggi jahon çempionatiga yöllanma ololmagan bir paytda, 17 yoşli futbolçi qizlarning uşbu yutuği Nigeriya futboli uçun alohida ahamiyat kasb etdi.