Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda kambek evaziga g'alabaga erishdi
07.11.2026 23:32 Ўқилди: 2838
O'yinning 18-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Xuan hisobni ochdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib Devi Selki hisobni tenglashtirdi. O'yinning 83-daqiqasida istanbulliklarning 36 yoshli bosniyalik hujumchisi Edin Viska raqib darvozasini ishg'ol qildi va “Bashakshexir”ga uch ochko taqdim etdi.
Jamoa tarkibida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 86-daqiqada almashtirildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev esa zaxirada qoldirildi.