Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi
09.11.2026 19:56 Ўқилди: 2752
Manbaga ko'ra, bunga 12 yoshli Martinning maydondagi vaqti qisqarib ketgani sabab bo'lgan. Kasilyasning katta o'g'li o'z yosh toifasidagi jamoaning asosiy tarkibiga kiritilmay qo'ygan, shuningdek, Orlandodagi (AQSH) turnir qaydnomasidan ham tushib qolgan.
Martin bilan birga "Real" akademiyasini uning 10 yoshli ukasi Lukas ham tark etdi. Ikkalasi ham darvozabon ampluasida o'ynaydi va klub tizimida ikki mavsumni o'tkazishdi.
Qayd etilishicha, Kasilyasning bu qarori faqatgina sport bilan bog'liq sabablar tufayli qabul qilingan. "Real" rahbariyati sobiq posbon o'g'illarining ketganidan xabardor.
Kasilyas 1999 yildan 2015 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan. Jamoa tarkibida ispaniyalik futbolchi mamlakatning 5 karra chempioni bo'lgan, 3 bor Chempionlar Ligasida g'olib chiqqan va UEFA Superkubogini 2 marta qo'lga kiritgan.