
Gretsiyalik mutaxassis Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan (3:2) keyingi matbuot anjumanida O'zbekiston bilan bahsda ham imkon qadar ko'proq futbolchiga o'yin amaliyoti berishini ma'lum qildi.
“Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuvga 30 nafar futbolchini jalb etdik. Maqsadimiz – Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko'rish va barcha futbolchilarga o'z imkoniyatlarini namoyish etish uchun sharoit yaratish.
Futbolchilarimizning jangovar ruhi va intizomidan mamnunman. O'zbekistonga qarshi o'yinda ham xuddi shu yondashuvdan foydalanamiz va imkon qadar ko'proq futbolchini maydonga tushiramiz”, – dedi Donis.
Shuningdek, murabbiy Saudiya Arabistoni terma jamoasidan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
“Bilasizlar, men ochiq gapiradigan insonman. Men oddiy murabbiy emasman, o'zimni Saudiya Arabistonining ajralmas qismi deb bilaman. Bu mamlakatda ko'plab tajribalar orttirganman. Iste'fo haqidagi mish-mishlar jamoaga foyda keltirmaydi”, – dedi mutaxassis.
Donis milliy terma jamoalar murabbiylar shtablari bilan hamkorlikda kelajak uchun aniq reja ishlab chiqish va yosh avlod imkoniyatlaridan foydalanish muhimligini ham ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni – O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvi 17 noyabr kuni Dohada bo'lib o'tadi.
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10410 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8215 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6505 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5346 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3628 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3469 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 09.11.2026 01:24 Ўқилди 3404 Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti" |
![]() | 08.11.2026 13:00 Ўқилди 2990 "Inter Mayami" qaysi jamoa bilan bellashadi? MLS Sharqiy konferenciyasidada pley-off bosqichi juftliklari aniq bo'ldi |
![]() | 07.11.2026 23:32 Ўқилди 2892 Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda kambek evaziga g'alabaga erishdi |
![]() | 07.11.2026 02:00 Ўқилди 2789 A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum qilindi |
Реклама
Сайт хақида