Zidan Fransiya terma jamoasi haqida: "Biz klub emasmiz, hammasi murakkab - mashg'ulotlarga vaqtimiz yo'q"
15.11.2026 20:32 Ўқилди: 458
Fransiyaliklar Millatlar Ligasining 5-turida Italiyaga (1:3) imkoniyatni boy berishgan edi. Bugun Zidan shogirdlari Turkiyaga qarshi bahs olib borishadi.
"Bu ikkinchi yig'in. Biz klub emasmiz, shu bois, albatta, hammasi murakkab - mashg'ulot o'tkazishga vaqtimiz yo'q.
Qurishga ulgurgan narsalarimizga kelsak - hatto Italiyadagi mag'lubiyatga qaramay - menimcha, hammasi ancha to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Ammo biz barcha jabhalarda o'sishimiz kerak.
Biz yanada kuchayishimiz mumkin va vaqt o'tishi bilan shunday bo'ladi ham", - dedi Zidan matbuot anjumanida.