
UEFA Millatlar ligasi doirasida Glazgoda o'tkazilgan bahsda makedoniyaliklar mag'lubiyatga uchradi. Biroq jamoa bir yillik tanaffusdan so'ng ilk golini urdi. Ushbu to'pga Zan Vipotnik Rastoder mualliflik qildi.
“Yigitlarni tabriklamoqchiman, sifatli o'yin o'tkazdik. Afsuski, futbolda shunday holatlar bo'lib turadi. Nihoyat gol urganimizdan xursandmiz. Rastoder va butun jamoa uchun bu muhim.
Bizga o'ziga bo'lgan ishonch yetishmayotgandi. Nazarimda, bu ishonch asta-sekin qaytmoqda. Futbolchilar klublarida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishyapti va bu terma jamoa o'yinida ham sezilmoqda.
To'g'ri yo'lda ekanimizga ishonaman. Albatta, mag'lubiyat yoqimsiz, ammo g'alaba qozonishni bizdan ko'proq hech kim istamaydi”, – dedi Doriev Sport1 nashriga.
Shuningdek, futbolchi jamoaning qiyin vaziyatdagi harakatlariga ham to'xtaldi.
“Bosim ostida o'ynayapmiz, ammo taktik jihatdan yaxshi harakat qildik. Hisob 0:1 bo'lganida taslim bo'lmadik, xarakter ko'rsatdik. Bu menga jamoamizning imkoniyatlariga ishonch beradi. Umid qilamanki, Sloveniyaga qarshi o'yinda nihoyat g'alaba qozonamiz”, – dedi futbolchi.
Shimoliy Makedoniya Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 16 noyabr kuni Sloveniyaga qarshi o'tkazadi.
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10380 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 8137 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6445 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5289 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3616 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3421 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
![]() | 09.11.2026 01:24 Ўқилди 3386 Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti" |
![]() | 08.11.2026 13:00 Ўқилди 2969 "Inter Mayami" qaysi jamoa bilan bellashadi? MLS Sharqiy konferenciyasidada pley-off bosqichi juftliklari aniq bo'ldi |
![]() | 07.11.2026 23:32 Ўқилди 2871 Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda kambek evaziga g'alabaga erishdi |
![]() | 07.11.2026 02:00 Ўқилди 2777 A Seriyaning oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum qilindi |
Реклама
Сайт хақида