Lionel Messi Argentinada maxsus uchrashuvda ishtirok etadi
13.11.2026 23:40 Ўқилди: 181
Bu haqda "River Pleyt" klubining X ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Jamoalar o'rtasidagi bahs 19 yanvar kuni "River Pleyt"ning uy stadioni bo'lgan "Mas Monumental" arenasida bo'lib o'tadi.
Messi 2023 yildan buyon "Inter Mayami" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klubdagi debyuti 2023 yil 21 iyul kuni Liga kubogi doirasida "Krus Asul"ga qarshi uchrashuvda bo'lib o'tgan. Argentinalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yil oxiriga qadar amal qiladi.
Messi Florida klubi safida hozirgacha bir martadan MLS kubogi, muntazam chempionat va Liga kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan.