"Manchester Yunayted" Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirishga ishonmoqda
13.11.2026 23:24 Ўқилди: 86
Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi klubning ikkinchi taklifini ham rad etgan. Biroq ESPN xabar berishicha, klub rahbariyati bu vaziyatdan xavotirda emas va jamoa sardorini saqlab qolish masalasiga xotirjam munosabatda.
Fernandeshning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega.
Portugaliyalik futbolchi 2020 yildan buyon Angliya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy APL mavsumida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.