
"O'ylashimcha, o'yin natijasi adolatli. Rossiyaning klassi ko'rinib turdi. O'zbekiston uchrashuvni yaxshi boshladi. Asosiy burilish pallasi - o'zgarishlar boshlangan vaqt bo'ldi. Qolaversa, milliy jamoamiz tarkibi tajribaviy edi. Ko'plab yangi nomlar, yoshlar maydonga tushdi, menimcha, Kannavaro futbolchilarni ko'zdan kechirib olishi kerak edi.
Agar xuddi shunday o'ynab, bir-ikkita o'zgarish bilan qayerdadir himoyaga yotganimizda ham bo'lardi... Ammo hujumkor futbol namoyish etishga qaror qildik va bu o'xshamadi. Biz, muxlislar uchun o'yin tomoshabop kechdi. Beshta gol ko'rdik, buning ustiga Rossiyani anchadan beri ko'rmagan edim, ular iliq taassurot qoldirishdi.
Raqib tarkibida Tyukavinni ajratib ko'rsatish mumkin - u chakki harakat qilmadi, Batrakov bugun biroz o'z darajasida emasdi, biroq baribir mahorati bilinib turibdi.
Meni Rossiyaning ko'proq ispanlarga o'xshab qolgani hayron qoldirdi. Ularning bo'yi past, tezkor, paslar orqali harakat qilishmoqda. Bo'ydor o'yinchilarning kamligi ajablantirdi. Faqat ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Komlichenko biroz bo'ydorroq edi.
Agar Rossiyani Yevropa maydonlariga qaytarishsa, qita chempionatiga chiqa olishgan bo'larmidi? Evroga yo'llanma olishardi, biroq qanday guruh tushishiga ham ko'p narsa bog'liq. Qolaversa, ular xalqaro turnirlarda anchadan beri o'ynashgani yo'q, shu bois hozirgi o'yiniga qarab biror nima deyish qiyin. Ammo, menimcha, Yevropa va jahon chempionatlariga chiqa olishgan bo'lardi.
Rossiya o'yin uslubini biroz o'zgartiribdi, yuqorida takidlaganimdek - qisqa va o'rtacha paslar ko'p, uzun uzatmalar esa kam. Ular yaxshi futbol ko'rsatib, ijobiy taassurot qoldirishdi.
Bu biz uchun ham juda foydali bahs bo'ldi - kim qanday holatda ekanligini ko'rib oldik. O'ylashimcha, agar O'zbekiston asosiy tarkibda harakat qilganida, bundan ham kuchliroq o'yin namoyish etgan bo'lardik. Keyingi bahslarda Rossiyaga omad tilayman", - dedi "Spartak"ning sobiq futbolchisi.
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16445 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10278 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 7909 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6283 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5190 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
![]() | 04.11.2026 03:00 Ўқилди 4251 YCHL. "Bavariya", "Barselona", "Inter" va PSJda g'alaba, MYUdan esa kambek! |
![]() | 09.11.2026 19:56 Ўқилди 3565 Kasilyas o'yin amaliyoti yetishmovchiligi sababli o'g'illarini "Real" akademiyasidan olib ketdi |
![]() | 03.11.2026 07:32 Ўқилди 3460 Javod Nekunam: “Neftchi”ga qarshi 10 kishi bo'lib ham ikki marta hisobni tenglashtirdik. Uchinchi golni ham urishimiz mumkin edi” |
![]() | 09.11.2026 01:24 Ўқилди 3356 Kerrik MYUning jon saqlab qolish uchun kurashi haqida: "Hozir noyabr. Menga vaziyat ham, natijalar ham yoqmayapti" |
![]() | 12.11.2026 20:48 Ўқилди 3337 U19. "Lokomotiv", RFA hamda "Mashal" chorak finalga yo'l oldi |
Реклама
Сайт хақида