
Kuvayt matbuoti xabar berishicha, jamoa hujumchisi Yusuf Nosir jarohatidan tiklanib, Qarshi klubiga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor. Futbolchi ushbu jamoalar o'rtasidagi avvalgi bahsni jarohati sababli o'tkazib yuborgan edi.
Biroq kamerunlik himoyachi Umar Gonsales "Nasaf"ga qarshi navbatdagi uchrashuvda ishtirok eta olmaydi. U Qarshida o'tkazilgan bahsda mushaklaridan jarohat olgan.
Ayni paytda "Al Kuvayt" 6 ochko bilan "A" guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Al Vahda" 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Nasaf" va "Al Xolidiya" hisobida esa bir ochkodan bor.
Ma'lumot uchun, "Al Kuvayt" va "Nasaf" o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi 4 noyabr kuni Kuvaytda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, 28 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan 3-tur bahsida "Al Kuvayt" 1:0 hisobida g'alaba qozongan edi.
Avvalroq yarim himoyachi Al Mahdi Barhama diskvalifikaciya sababli navbatdagi bahsda ishtirok eta olmasligi haqida xabar berilgandi.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87298 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41275 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18800 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 15138 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10362 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9740 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8386 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7339 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7208 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 6951 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида