Saudiya Arabistoni terma jamoasining yetakchi hujumchisi mashg'ulotlarni o'tkazib yubormoqda
11.11.2026 17:32 Ўқилди: 103
Kooora nashrining xabar berishicha, "Al-Ahli" klubi futbolchisi Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilayotgan yig'inda ketma-ket ikkinchi mashg'ulotni o'tkazib yuborgan.
Shu sababli uning Janubiy Koreya va O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.
Qayd etish joiz, al-Buraykon Fors ko'rfazi kubogining 27-mavsumida eng yaxshi to'purar bo'lgan va Saudiya Arabistonining 23 yillik tanaffusdan so'ng musobaqada g'olib chiqishiga hissa qo'shgan.
Ayni paytda Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Saud Abdulhamid milliy terma jamoa ixtiyoriga yetib kelib, umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilgan.
Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni terma jamoasi 17 noyabr kuni Doha shahrida O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Hozircha Firos al-Buraykonning mazkur bahsda ishtirok etishiga oid yakuniy qaror ma'lum emas.