
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi portugaliyalik hujumchiga shunday tarif bergan edi: "U eng buyuk o'yinchi, ammo so'nggi 7-8 yil ichida avvalgi darajasida o'ynay olmayapti. "Yuventus" davridan beri barchasi amalda yakuniga etdi".
"Ronaldu "Real"dan ketganidan so'ng 330 dan ortiq gol urdi. U "Yuventus"da juda muvaffaqiyatli harakat qildi, bir nechta chempionliklarni qo'lga kiritdi va hokazo. O'ylashimcha, ten Xagning bu gaplari hasadga to'la, chunki Ronaldu ham uni tanqid qilgan edi.
Ten Xag yashirayotgan narsa shuki, u Ronalduni klubdan siqib chiqarganidan keyin ham bir muddat "Yunayted"ni boshqarishda davom etdi va baribir muvaffaqiyatga erisha olmadi. Germaniyadagi yangi jamoasida esa u bor-yo'g'i 60 kun ishladi. Fikrimcha, ten Xag juda katta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
"Yunayted"dan ketishidan oldingi so'nggi mavsumda Ronaldu Premer-ligada 18 ta va CHLda 6 ta gol urgandi. Tasavvur qilyapsizmi, "Yunayted" hozir shunday statistikaga ega hujumchisi bo'lishini qanchalik xohlagan bo'lardi? O'ylashimcha, Ronaldu "Yunayted"da yana ikki-uch yil to'p tepib, ko'plab gollar urishi mumkin edi.
Agar u yerda to'g'ri murabbiy bo'lganida, bu juda ajoyib qaytish bo'lardi. Lekin unday bo'lmadi - u yerda Ronalduni hurmat qilmaydigan, xuddi hozirgi Portugaliya terma jamoasi ustozi kabi unga axlatdek munosabatda bo'lgan yigit bor edi. Bu odamlar Ronaldu hisobiga o'zlarini ko'rsatishga urinishyapti.
Krishtianudan bu haqda nima deb o'ylashini so'raganimda, uning aytgan yagona gapi - ten Xag muhokama qilishga ham arzimaydi, degandi", - deya kulgi bilan gapirib berdi Morgan.
![]() | 26.10.2026 00:16 Ўқилди 87298 Klubdagi manbalarga ko'ra, MYU Kerrikni iste'foga chiqaradi. Rahbariyat bosh murabbiylikka nomzodlar izlamoqda |
![]() | 26.10.2026 01:32 Ўқилди 41275 A Seriya. "Inter"dan dramatik kambek, "Atalanta"dan 8 golli durang! |
![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 18794 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 25.10.2026 02:08 Ўқилди 10428 La Liga. Xulian Alvaresning goli "Atletiko"ga 3 ochko taqdim etdi |
![]() | 27.10.2026 04:08 Ўқилди 10356 "Oltin to'p" marosimining barcha asosiy sovrindorlari ma'lum bo'ldi |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 9737 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 26.10.2026 21:32 Ўқилди 8386 Peres Londondagi "Oltin to'p" topshirish marosimiga bormaydi |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7336 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 01.11.2026 00:56 Ўқилди 7205 Bundesliga. "Bavariya" - "Borussiya D" 2:2 |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 6942 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида