Mbappe Turkiya bilan o'yinda Zidan uni qanotga o'tkazib, Dembeleni markaziy hujumchi poziciyasiga qo'yganidan norozi
11.11.2026 16:56 Ўқилди: 258
Xususan, Turkiyaga qarshi kechgan o'yinda (1:0) murabbiyning uni chap qanotga tushirib, markaziy hujumchi poziciyasida Usmon Dembeleni o'ynatish qarori Mbappega mutlaqo yoqmagan.
Ma'lumot o'rnida, sentyabr oyida forvard tizzasidan olgan jarohati sababli terma jamoa ixtiyorini muddatidan oldin tark etgan edi. Manbaning qayd etishicha, o'sha mashg'ulotlar yig'ini davomida Zidan va Mbappe o'zaro deyarli gaplashishmagan.