
Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.
Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev, "Respublika FA".
Turning eng ko'p muhokama qilingan bahsida Jamoliddin Rahmatullaev jamoasi “G'azalkent”ni mehmonda 3:0 hisobida taslim qildi. Mehmonda qo'lga kiritilgan “quruq” va yirik g'alaba Rahmatullaevni tur murabbiyiga aylantirdi.

Tur futbolchisi - Daler To'xsanov, “Olimpik MobiUz”
Daler To'xsanov “Jayxun”ga qarshi bahsda o'ta muhim gollarni urishga muvaffaq bo'ldi. “Olimpik MobiUz” 3:0 hisobida zafar quchdi, To'xsanov o'z hisobiga dubl yozib qo'ydi va jamoasi Proliga pley-off bahslarida ishtirok etishi uchun katta yordam berdi.

Tur darvozaboni - Nematulloh Rustamjonov, "Respublika FA"
Nematulloh Rustamjonov “G'azalkent”ga qarshi bahsda o'zini juda yaxshi ko'rsatdi va darvozasini “quruq” saqlashga muvaffaq bo'ldi. Mavsumning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'yinning birinchi bo'limida Rustamjonov uchrashuvda burilish yasagan seyvga mualliflik qildi. Nematulloh jamoasini muqarrar goldan qutqarib, “Respublika FA” g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

Tur goli - Abror Toshqo'ziev, “Sho'rtan”
Tur goli “Sho'rtan” vakili Abror Toshqo'ziev “cho'ntagi”ga ketdi. Toshqo'ziev “BuxDu”ga qarshi bahsning 79-daqiqasida jarimadan gol urdi. U chap oyog'i bilan darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga olib, “Sho'rtan”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

![]() | 03.11.2026 02:24 Ўқилди 19148 Pirs Morgan: "Ronaldu ten Xag muhokama qilishga arzimasligini aytgan edi" |
![]() | 04.11.2026 00:32 Ўқилди 16388 "Al Kuvayt"ning bir futbolchisi "Nasaf"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi, yana bir hujumchi safga qaytdi |
![]() | 10.11.2026 01:08 Ўқилди 10185 Akmal Xolmatov: "Maydon biz uchun ham, raqib uchun ham bir xil edi" |
![]() | 02.11.2026 21:56 Ўқилди 10031 Messi: "1000 ta gol marrasi ortidan quvmayapman, shunchaki o'yinlardan zavq olmoqchiman" |
![]() | 10.11.2026 04:55 Ўқилди 7864 Afrika futboli uçun tarixiy ğalaba! |
![]() | 01.11.2026 21:08 Ўқилди 7552 Mirjalol Qosimov: "Lokomotiv" va OKMK Kubok finalida? Yaxshi-ku. Barchasi niyatga bog'liq" |
![]() | 02.11.2026 18:32 Ўқилди 7089 "Manchester Yunayted" Fransiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin |
![]() | 08.11.2026 00:48 Ўқилди 6247 “Nasaf” ayollar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi chorak finaliga chiqdi |
![]() | 02.11.2026 19:08 Ўқилди 5369 "Manchester Yunayted" "Bavariya"ning 60 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda |
![]() | 08.11.2026 04:22 Ўқилди 5172 Misr terma jamoasi boş murabbiyini almaştirdi |
Реклама
Сайт хақида