Ushbu o'yin Deyan Kulusevski uchun o'ta ahamiyatli bo'ldi, chunki u tizzasidagi jiddiy jarohat sababli roppa-rosa 526 kun (17 oydan ko'proq) maydonga tusholmayotgan edi. Mazkur bahsda Kulusevski zaxiradan o'yinga qo'shilib, safga qaytganini rasman nishonladi. Bungacha u 2025 yilning 11 mayida “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan edi.