
Aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi. Bu haqda mustaqil futbol regulyatorining hisobotida ma'lum qilingan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, Angliyaning eng yuqori beshta divizion klublarning 94 foizi zarar bilan ishlamoqda, Angliya futbol ligasi (EFL) va Milliy liga klublarining 60 foizdan ortig'i esa texnik jihatdan to'lovga qobiliyatsiz hisoblanadi.
Regulyator "o'sib borayotgan qarzlar va klub egalari tomonidan moliyalashtirilishga haddan tashqari qaramlikning xavfli uyg'unligi klublar hamda ularning muxlislarini xavf ostida qoldirayotgani" haqida ogohlantirmoqda.
Hisobotda, shuningdek, APLning iqtisodiy yutuqlariga qaramay, divizionlar o'rtasidagi va ularning ichidagi moliyaviy tafovut sezilarli darajada kengaygani qayd etilgan.
Hujjatda quyidagi ma'lumotlar keltirilgan:
– Angliyaning beshta yuqori ligasidagi klublarning 94 foizi 2025/26-yilgi mavsumda zarar ko'rdi;
– EFL va Milliy liganing 17 ta klubi, hatto futbolchilari bepul o'ynagan taqdirda ham, zarar bilan ishlashda davom etgan bo'lardi;
– Klublarning 66 foizi egalari tomonidan yangi moliyaviy mablag'lar ajratilmasa, 90 kundan ortiq faoliyat yurita olmasdi;
– Klublarning 29 foizi bunday moliyalashtirishsiz hatto 30 kun ham dosh bera olmasligini bildirgan;
– Klublarning 60 foizida umuman biznes-reja yo'q.
Regulyatorning fikricha, mazkur hisobot ingliz futboli uchun "ogohlik qo'ng'irog'i bo'lishi kerak".
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21028 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14537 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13776 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13708 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13667 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12135 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10307 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8720 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8593 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8425 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида