
Brendan Rojers:
Albatta, biz ushbu o'yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Musobaqani yaxshi boshladik va endi ilk safar uchrashuvimizni o'tkazamiz. Biz yaxshi futbol o'ynaydigan, texnik jihatdan kuchli futbolchilarga ega jamoaga qarshi maydonga tushamiz, shuning uchun yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak. Juma kuni ichki chempionatimizni ajoyib tarzda qayta boshladik va bu o'yinda ham shunday ruhiyatni saqlab qolmoqchimiz.
Yulian Vaygl:
Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. O'tgan mavsumda ushbu musobaqada ishtirok etish uchun qattiq mehnat qilgan edik. Birinchi o'yinda yaxshi natijaga erishdik va ertangi bahsga ham katta umidlar bilan qarayapmiz. Maqsadimiz – chiroyli o'yin ko'rsatib, o'zimiz uchun ijobiy natija qayd etish.
Savolim bosh murabbiyga. O'tgan o'yindan keyingi ikki kun ichida ushbu bahsga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?
Brendan Rojers:
Hozir mavsumning juda tig'iz pallasidamiz. Juma oqshomida katta kuch sarfladik va yaxshi natijaga erishdik. Hozirda eng asosiysi – futbolchilarning jismoniy tiklanishini taminlash. Biz qariyb bir yildan beri birga ishlayapmiz va o'yinimizning asosiy tamoyillarini yaxshi tushunamiz. Tayyorgarligimiz asosan jismoniy tiklanish va ertangi o'yinga ruhiy tomondan tayyor bo'lishga qaratilgan.
"Paxtakor" birinchi turda Jiddada "Al Ahli"ga qarshi yaxshi harakat qildi. O'sha uchrashuvni tahlil qilgan bo'lsangiz, "Paxtakor"ning eng kuchli jihati qaysi deb o'ylaysiz?
Brendan Rojers:
Bu "Paxtakor" uchun juda yaxshi natija bo'ldi. Ular ajoyib gol urishdi va kombinacion o'yin ko'rsatishdi. Biz bu darajadagi har bir raqibni hurmat qilamiz. Ular ham o'z ichki chempionatida g'alaba qozonishga odatlangan kuchli jamoa hisoblanadi. Ularning o'yinini kuzatdim: to'pni nazorat qilishni yaxshi ko'rishadi, yarim himoyachilar o'rinlarini tez-tez almashtirib turishadi va hujumning so'nggi qismida jarima maydonchasiga uzatmalar amalga oshirishadi. Shuning uchun ham ular o'z ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Biroq biz ko'proq o'z o'yinimizga e'tibor qaratganmiz va raqibni hurmat qilgan holda ularga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz.
Savolim futbolchiga. Muxlislaringizga qanday murojaatingiz bor va ertangi o'yindagi maqsadingiz qanday?
Yulian Vaygl:
Umid qilamanki, ularning barchasi bizni televizor orqali kuzatib, qo'llab-quvvatlab turishadi. Albatta, biz o'z maydonimizda muxlislar qarshisida o'ynashni yaxshi ko'ramiz, lekin uzoq safarlarga chiqish ham ushbu musobaqaning ajralmas bir qismidir. Ertangi maqsadimiz – chiroyli o'yin ko'rsatish. Agar biz bor qobiliyatimizni ishga solib, qattiq mehnat qilsak va raqibni hurmat qilsak, ijobiy natija qayd etishimizga ishonchim komil.
Savolim futbolchiga. Siz Tomas Tuxel va Lyusen Favr kabi elita darajasidagi murabbiylar qo'l ostida shug'ullangansiz. Hozir esa Brendan Rojers bilan ishlayapsiz. Brendan Rojers avvalgi murabbiylardan nimasi bilan farq qiladi va sizdan ko'proq nimani talab qiladi?
Yulian Vaygl:
Faoliyatim davomida ko'plab yaxshi murabbiylar bilan ishlash nasib qilganidan o'zimni omadli deb bilaman. Masalan, Tomas Tuxel meni birinchi ligaga olib chiqqan murabbiy hisoblanadi. Men ularning har biridan ko'p narsalarni o'rganganman. Brendan Rojers jamoaga kelganidan beri menga katta ishonch bag'ishladi. Uning qo'l ostida o'zimni jamoa uchun muhim o'yinchidek his qilyapman va buning uchun undan minnatdorman.
So'nggi o'yinda jamoangiz 5:0 hisobida g'alaba qozondi va gollarni besh xil futbolchi kiritdi. Sizning murabbiylik falsafangiz asosan jamoaviy o'yinga qurilganmi yoki ko'proq individual mahorat egalariga tayanasizmi?
Brendan Rojers:
Mening jamoalarim doimo hujumkor va agressiv tarzda, pressingga asoslangan o'yin ko'rsatib kelgan. Bunday o'yin uslubida gol urish mas'uliyati butun jamoaga teng taqsimlanadi. Albatta, biz jamoadagi yuqori iqtidor egalariga ham tayanamiz, lekin eng asosiysi – bu jamoaviy tuzilmadir. Bizning maqsadimiz har bir o'yinda to'liq tarkib bilan g'alaba qozonish uchun harakat qilishdir. Mening falsafam shundan iboratki, individual futbolchilar mustahkam va to'g'ri qurilgan jamoaviy tuzilma ichida yanada yaxshiroq o'sishga erishadi.
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14483 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13731 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13669 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8569 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8389 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6150 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5634 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5378 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.10.2026 17:08 Ўқилди 5180 Portugaliya terma jamoasi Ronaldu ketganidan so'ng salkam 2,5 million obunachisini yo'qotdi |
![]() | 07.10.2026 02:16 Ўқилди 4925 Saudiya Arabistoni BAA ustidan g'alaba qozonib, Fors ko'rfazi millatlar kubogini qo'lga kiritdi |
Реклама
Сайт хақида