
"Al Nassr" - "Neftchi" 3:1
Gollar: 33 - Gabriel Anjelo, 42 - Krishtianu Ronaldu, 51 - Alisher Odilov, 78 - Anvarjon G'ofurov
“Al Nassr”: 24. Bento, 70. Avad Aman, 12. Navaf Al-Bushal, 26. Inigo Martines, 3. Muhammad Simakan (4. Nader Al-Sharari, 72’), 11. Samu Koshta, 20. Gabriel Anjelo, 21. Kingsli Koman (23. Ayman Yahyo, 13’ (17. Abdulla Al-Xaybari, 72’)), 79. Joau Feliks, 10. Sadio Mane (9. Abdulla Al-Xamdan, 81’), 7. Krishtianu Ronaldu.
Zaxira: 8. Xaydir Abdulkarim, 14. Sami Al-Naji, 60. Saad Xakavi, 66. Sultan Almas, 53. Abdulrahmon Al-Otaybi.
“Neftchi”: 1. Botirali Ergashev, 3. Mishel Auguchto (77. Ratino, 69’), 4. Boyan Siger, 5. Ikrom Aliboev, 6. Ibrohim Halil Yo'ldoshev (34. Farruh Sayfiev, 46’), 7. Abrorbek Ismoilov (11. Asilbek Jumaev, 46’), 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvarjon G'ofurov, 31. Yan Sasse (22. Alisher Odilov, 46’), 52. Koffi Kuao, 88. Markus Forss (18. Stipe Perica, 63’).
Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Vladimir Yovovich, 9. Xurshid G'iyosov, 15. Nurmuhammad Abdug'aniev, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 32. Zoran Marushich, 71. Bilolxon Toshmirzaev.
Ogohlantirishlar: 17 - Ibrohim Halil Yo'ldoshev, 30 - Anvarjon G'ofurov, 45+3 - Inigo Martines, 45+3 - Markus Forss
Chetlatish: 65 - Ikrom Aliboev
90+4. O'yin yakunlandi.
90+3. Al-Xamdanning zarbasi “Neftchi” vakiliga tegib, maydonni tark etdi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
90. “Al Nassr” darvozasi oldida palapartishlik yuz berdi, ammo farg'onaliklar ushbu holatda gol ura olishmadi.
88. Pericadan zarba ko'rdik, ammo ushbu zarbani “Neftchi” a'zolari bartaraf eta olishdj.
84. Ronaldudan yana bir zarba, ammo bunisi noaniq bo'ldi.
82. Sal qolsa Abdulla Al-Xamdan darvozabonning ustidan to'pni oshirib, darvozani ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.
79. O'yin taqdiri, ko'p ehtimol, hal.
78. GOL! G'ofurovdan avtogol. Manening uzatmasidan so'ng Anvarjon o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi.
75. Ustunlik to'liq mezbonlarda deyish mumkin. Oldindagi vaqt davomida gol o'tkazmaslik va hisobni tenglashtirishga qarshi o'ynaladi.
73. Manening chap qanotdan bergan uzatmasidan so'ng Feliks darvozaga zarba berdi, baxtimizga to'p noaniq ketdi.
71. Mane o'tkir burchakdan turib kuchli zarba berdi, ammo anchagina noaniq ketdi.
66. Jamoa endi anchagina qiyin holatda qolmoqda…
65. Qizil kartochka, Ikrom Aliboevga… Ana xolos…
59. Abror Ismoilov o'ngdan kirib borib, erlatib zarba berdi, ammo to'p raqibga tegib qaytmoqda…
53. Yana Odilov oldinga yurish qildi, biroq bu safar raqib himoyachilari yaxshi harakat qilishdi.
52. Nihoyat, hisob qisqardi. Farg'onaliklar yanada faollashishi shart!
51. GOOOL! Alisher Odilov hisobni qisqartirdi! Iskanderovning uzatmasidan so'ng to'p raqibga tegib Odilovga bordi, Alisherning zarbasi aniq bo'ldi!
50. Mezbonlar jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuzaga kelgandi, biroq vakillarimiz ushbu holatdan foydalana olishmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+6. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Har ikki futbolchiga ham sariq kartochka berildi.
45+2. Inigo Martines Forss negadur qo'pollik ishlatdi. Qiziq.
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.
45+1. “Neftchi”ning goli bekor qilindi. Afsus.
45. Stop, gol bo'lgan holat VARda ko'rilmoqda.
45. Tezda qaytib olmoqda farg'onaliklar. Olg'a!
44. GOOOL! Fors hisobni qisqartirdi! Koffining o'ngdan havolatib uzatgan to'pini Markus bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi!
43. Vaziyat og'irlashdi, “Neftchi”dan 2-bo'limda faollik kutamiz!

42. GOL! Ronaldu 981-golini “Neftchi”ga urdi. Chapdan Mane havolatib to'pni uzadi, Ayman ko'ksi bilan Ronalduga to'pni uzatdi, Krish esa darvozaga kuchli zarba berib, gol urdi.
41. Botirali!!! Ronalduning tovon bilan bergan uzatmasidan so'ng Ayman darvozaga zarba berdi, Ergashevdan ajoyib seyv!

40. Koffining o'tkir burchakdan yo'llagan kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…
38. Ronaldu qulay vaziyatdan to'pni darvozaga yo'llay olmadi, “Neftchi” vakili yaxshi harakat qilib, to'pni ilib ketdi.
35. Gol ko'rdik o'yinda, buyog'iga vakillarimizdan faollik kutamiz.
33. GOL! Anjelo hisobni ochdi. O'ng qanotdan erlatib uzatilgan to'pni Gabriel darvozaga joylab qo'ydi.
32. Ronalduning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”ga tegib qaytdi.

29. Ronaldu Sadio Maneni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, Mane Botiralini aldab o'tib bo'sh qolgan darvozaga zarba bermay sherigiga uzatdi, ammo u darvozaga zarba berolmadi…
28. Felisk jarima maydonchasidan turib darvoza tomon zarba berdi, ammo o'ta noaniq ketdi.
27. Farg'onaliklar ijrosida hozirgacha yaxshi vaziyat ko'rmadik, jamoa sekin-asta taktik hujumlar tashkil qilishga urinmoqda.
23. Anjeloning zarbasi anchagina noaniq ketdi.

17. Ibrohim Halil Yo'ldoshev burchakka yaqin hududda qoida buzdi, raqiblarda standart vaziyat.
13. Jarohat olgan Koman o'rniga Ayman maydonga tushdi.
8. Iskanderov jarimadan darvozani ishg'ol qilishga urindi, ammo zarba noaniq.
7. Kuao raqib jarima maydonchasi oldida standart ishlab oldi.
5. “Al Nassr”ning xavfli burchak zarbasidan so'ng to'p qaytarildi.
1. O'yin boshlandi.




Toshkent vaqti bilan 00:14da uchrashuvga start berildi.
Toshkent vaqti bilan soat 23:20. O'yin starti kechikmoqda.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni OFK Elit Chempionlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Al Nassr" - "Neftchi" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 20989 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14507 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13755 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13696 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12108 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8581 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8401 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 03.10.2026 11:24 Ўқилди 6159 Osiyo o'yinlari. O'zbekiston va Xitoy bronza medallari uchun o'zaro bahs olib borishmoqda (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5655 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
![]() | 11.10.2026 00:08 Ўқилди 5405 LIVE. La Liga. "Real Madrid" – "Vilyarreal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида