
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor stadionga bizni qo'llash uchun kelgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Stadionimizda ajoyib muhit bo'ldi, bu hammaga maqul keldi. Muxlislar bizni oxirigacha qo'llab turishdi. Oson o'yin o'tkazmadik, 1:2 hisobida ortda borib, keyin 3:2ga o'zgartira oldik. So'ngra raqib yana gol urib hisobni tenglashtirdi va oldinga ham o'tib oldi. Bahs oxirlarida to'rtinchi golni urdik va o'yin durang bilan nihoyasiga etdi. "Lochin" juda yaxshi jamoa, kuchli raqibga qarshi muhim uchrashuvni o'tkazdik deb o'ylayman.
- Futbolchi sifatida "Yuventus"da o'ynaganingizni bilamiz. Murabbiylik faoliyatida "Bunyodkor"da ham yaxshi ish olib bordingiz. Asosan yoshlar bilan ishladingiz va qo'l ostingizda yoshlar yaxshi o'sishga erishdi. Buyog'iga "Kattaqo'rg'on"da ham shu tartibda ishlashda davom etasizmi?
- Murabbiyning qismati shunday: qaysi jamoaga bormasin o'zidan iz qoldirishga harakat qiladi. Chunki muxlislar va rahbariyat oldidagi mas'uliyat yuqori. Ishqibozlar chiroyli futbol ko'rishni xohlaydi, o'z navbatida biz ham shunga harakat qilyapmiz. Lekin bu juda og'ir jarayon hisoblanadi, hammasi birdaniga zo'r bo'lib qolmaydi. Avvalo futbolchilarni yaxshilab o'rganasiz, ularning xarakteristikasi bilan tanishasiz. Mashg'ulotlar va o'yinlar orqali hammasini bilib borasiz. Hozirgi payga kelib jamoamizning umumiy holati meni qoniqtiryapti va buning bugungi natijaga aloqasi yo'q.
- "Aral" to'g'ridan to'g'ri Superligaga chiqdi. Endi buyog'iga pley-off orqali boshqa ishtirokchilar aniqlanadi. "Kattaqo'rg'on" jamoasining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Biz ham umidni yo'qotmaymiz. Bugun "Lochin" bizga nisbatan chiroyli o'yin ko'rsatgandir, lekin biz g'alaba qozonishni xohlagandik. O'ylaymanki, pley-off bahslarida bizga qaysi raqib tushmasin jidliy qarshilik bera olamiz. Buning uchun qo'ldan kelgan hamma ishni qilishimiz kerak.
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34893 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21205 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13808 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12264 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10451 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8849 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8482 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
![]() | 19.10.2026 00:08 Ўқилди 8102 Ilyos Zeytulaev: "Jamoamizning umumiy holati meni qoniqtiryapti" |
![]() | 14.10.2026 19:16 Ўқилди 6503 Birodar Abduraimov va To'lagan Isoqov vorislari” metodik qo'llanmasi taqdimoti o'tkazildi |
![]() | 11.10.2026 21:08 Ўқилди 5754 Brendan Rojers: "Paxtakor"ga imkon qadar muammo tug'dirishga harakat qilamiz" |
Реклама
Сайт хақида