MYU sobiq futbolchisi Errera uchinchi ligadagi "Saragosa"da nima uchun bepul o'ynayotganini tushuntirdi
20.10.2026 01:24 Ўқилди: 1758
OAV ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi qonun bo'yicha ish haqi olishi shart bo'lgani sababli o'z maoshining barcha qismini klub fondiga o'tkazib bermoqda.
- Nima uchun bunday yo'l tutdim? Ehtimol, gap tariximizdagi eng og'ir damlar haqida ketayotgandir. “Saragosa” 75 yil ichida ilk bor uchinchi divizionga tushib ketdi. Men qaytib kelib, yordam berishni - jamoani qaytadan professional futbolga qaytarishni xohladim. Men bu klubdan juda qarzdorman.
“Saragosa” bo'lmaganida, men hech qachon professional futbolchi bo'lolmasdim. Endi esa, shunday og'ir davrda, muxlislar bilan birgalikda jamoaga yordam berish mas'uliyati bo'ynimizda turmoqda... Men bepul o'ynashni, bepul yordam berishni xohladim. O'z jamoamga, o'z shahrimga yordam berishni istadim, - dedi Errera Rio Ferdinand Presents YouTube kanalidagi ko'rsatuvda.