- O'yin haqida fikringiz? - Hammaga xayrli kech. Avvalo barchani "Aral" jamoasining Superligaga chiqqani bilan tabriklayman. Bu yil yaxshi mavsumni o'tkazdik va yakunda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'ylaymanki, maqsadimiz bu bilan to'xtab qolmaydi. Superligada ham o'zimizni ko'rsatishga va shu orqali Qoraqalpog'iston futboli rivojiga hissa qo'shishga harakat qilamiz. Bugun bizda katta bayram, buning uchun hammaga rahmat.