
- O'yin haqida fikringiz?
- Uchrashuvga keladigan bo'lsak, hozir oson o'yinning o'zi yo'q. FIFA kunlaridan keyin qisqa muddat ichida yana tez-tez o'yinlar bo'lmoqda. "Navbahor" bilan ko'p kuch yo'qotgandik, shu bois bugun rotaciyaga qo'l urdik, to'rt kundan yana o'yinimiz bor, balki yana rotaciya qilarmiz. "Mashal" ham bor kuchini ko'rsatishga harakat qildi. Yuzaga kelgan vaziyatdan gol urib uch ochkoga ega bo'ldik.
- Zaxiradan tushganlar haqida?
- Zaxiradan tushganlar bugun asosiy tarkibda ham o'ynashi mumkin edi. Lekin aytib o'tganimdek, rotaciyaga qo'l urdik.
- Bugungi bahsda qiyinchilik bilan 1:0 hisobida g'alabaga erishildi. Bugungi g'alaba keyingi uchrashuvlar uchun foydali bo'ladimi?
- Har bir bahsga jiddiy hozirlik ko'ramiz. Bitta tarkib bilan butun mavsumni o'tkazish qiyin. Qo'ldan kelgancha hammaga imkon berishga harakat qilib kelyapmiz.
- Raqib jamoada so'nggi turlarda asosan yoshlar harakat qilmoqda. Mutaxassis sifatida fikringiz qanday: "Mashal" jamoasi hozir to'g'ri yo'ldami?
- To'g'risi, ichkaridagi vaziyatni bilmasdan turib tashqaridan baho berishni yomon ko'raman. Bu borada aytadigan fikrim xato bo'lib qolishi mumkin. Faqat shuni aytishim mumkin, bugun yoshlarga imkon berilishi kelasi yilga aniq vazifa borligini ko'rsatadi. Menimcha, "Mashal" bu yil taqdirga tan berib, kelasi yil hozirligini ko'ryapti. Bu borada boshqa hech narsa deya olmayman.
![]() | 15.10.2026 00:08 Ўқилди 34743 "Roma" - "Real" LIVE |
![]() | 12.10.2026 23:24 Ўқилди 21100 Elit OCHL. Hamrobekovning "Traktori" durang o'ynadi, "Al Ahli" BAAda 3 ta gol urdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14576 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13747 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 13.10.2026 02:16 Ўқилди 13703 Elit OCHL. "Neftchi" mehmonda "Al Nassr"ga mag'lub bo'ldi |
![]() | 12.10.2026 19:56 Ўқилди 12174 Zayniddin Tojiev: "O'yin yangi stadionda o'tkazilgani muxlislarga ham maqul keldi" |
![]() | 14.10.2026 00:32 Ўқилди 10376 Mustaqil futbol regulyatori: aksariyat ingliz klublari moliyaviy inqiroz yoqasida turibdi |
![]() | 14.10.2026 00:08 Ўқилди 8780 YCHL. "Atletiko" – "Man Yunayted" va boshqa uchrashuvlari start oldi (onlayn hisob) |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8626 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 11.10.2026 02:08 Ўқилди 8452 PSJ "Le-Man"ni mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида