
"Men uchun bu o'yin boshqalariga o'xshamaydi. Menimcha, bunday voqea faoliyatda faqat bir marta sodir bo'ladi, chunki bu Messining oxirgi o'yini. Bu juda o'zgacha bahs. Biroq bir narsani unutmaslik muhim: ha, biz bu yerda Argentina va Messi sababli turibmiz, ammo biz ham o'z mamlakatimiz sharafini himoya qilyapmiz. Biz Benin nomini himoya qilish uchun keldik. Bu futbol: o'n bir kishi o'n bir kishiga qarshi. Biz g'alaba qozonishimiz, durang o'ynashimiz yoki ular yutishi mumkin. Argentinaga sayyoh sifatida emas, balki o'ynash va kurashish uchun keldik. Bu hayotimizdagi buyuk kun bo'ladi.
Agar so'nggi daqiqada penalti belgilansa va uni Messi tepsa, nima qilaman? Men darvozabonman va vazifam - zarbalarni qaytarish. Hatto so'nggi daqiqada penalti belgilanib, to'p qarshisiga Messi kelsa ham, men uni qaytarishga harakat qilaman. Hammasi juda oddiy: bu mening ishim. Ha, biz bu erga Messini olqishlash uchun yig'ildik, ammo hech kim unga gol sovg'a qilishimiz kerakligini aytmagan. Men bunday qilish niyatida emasman. Va Messini bilgan holda shuni aytishim mumkinki, uning o'ziga ham hech qanday sovg'alar kerak emas. Agar u gol urmoqchi bo'lsa, buning uchun bor imkoniyatini ishga solishiga to'g'ri keladi.
Messi va Krishtianu [Ronaldu]ni tomosha qilib ulg'aydik. Ikkisi ham bizga futbolda juda ko'p narsani o'rgatdi. Ular uzoq yillar davomida bir-birlari bilan raqobatlashib kelishdi. Men uchun Leo - ushbu sport turi tarixidagi eng yaxshi o'yinchilardan biri. Qirollardan biri.
Agar jamoamizning istalgan futbolchisidan so'rasangiz, hamma uning libosini olishni istaydi. Ular ko'plab liboslar tayyorlab, har birimizga bittadan tarqatishsa yaxshi bo'lardi, chunki libosni faqat bir kishi so'rab oladigan bo'lsa, bu oson bo'lmaydi. Biz barchamiz uni xohlaymiz!", – dedi Danjinu "Marca"ga bergan intervyusida.
Argentina – Benin uchrashuvi Buenos-Ayresda 7 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:00 da boshlanadi.
![]() | 29.09.2026 01:56 Ўқилди 15537 Shvetsiya terma jamoasi Polshani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 15:40 Ўқилди 14366 "Messiga gol sovg'a qilmoqchi emasman". Benin terma jamoasi darvozaboni Lionelning Argentina safidagi xayrlashuv o'yini haqida |
![]() | 30.09.2026 15:16 Ўқилди 14355 Manba: Otabek Shukurov faoliyatini Yevropada davom ettiradi |
![]() | 06.10.2026 01:56 Ўқилди 13614 Italiya terma jamoasi Turkiyani mag'lub etdi |
![]() | 06.10.2026 16:16 Ўқилди 13567 Manchini: "Charchoq sezilib turdi" |
![]() | 30.09.2026 16:56 Ўқилди 11217 Kannavaro: "Abduvohid Ne'matovda jarohat bor" |
![]() | 30.09.2026 15:56 Ўқилди 9614 Jeymi Karrager: "Man Siti"ning sovrinlari bekor qilinishi kerak" |
![]() | 06.10.2026 16:40 Ўқилди 8467 Kalafori: "Murabbiy nimani so'rasa, shuni maydonda aks ettirishga harakat qilyapmiz" |
![]() | 01.10.2026 19:32 Ўқилди 8424 "Barselona" Kunde bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor |
![]() | 28.09.2026 23:48 Ўқилди 6741 Britaniyalik deputat Korbin "Man Siti"ni APLdan chiqarib yuborishga chaqirdi |
Реклама
Сайт хақида