"Ko'plab o'zgarishlarni amalga oshirgan bo'lsak-da, charchoq hamma joyda sezilib turdi va biz uchun biroz qiyin bo'ldi. Biroq vaziyatni yaxshi uddaladik: gol urdik, keyin esa ular hisobni tenglashtirishi bilanoq darhol yana to'p kiritdik. Nafaqat intellektual, balki texnik va jismoniy jihatdan ham Kalafori allaqachon yetakchiga aylanib bo'lgan. Vergara o'z o'yinini yanada kuchaytirishi uchun mana shunday uchrashuvlarda maydonga tushishi zarur. U ancha o'sishga erishishiga ishonchim komil. Dumbiya esa biroz oldinroq ketdi, chunki u Chempionlar Ligasida o'ynab ulgurgan. Bugun ikkalasining ham harakatlari menga maqul keldi", – dedi italiyaliklar ustozi.
Italiya terma jamoasi (4 ta o'yindan so'ng 7 ochko) Millatlar Ligasi “A” divizioni 1-guruhi jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Turnir doirasidagi navbatdagi bahsda ular 12 noyabr kuni o'z maydonida Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.