Saudiya Arabistoniliklar endi top menejerlarni olib ketmoqda: "Liverpul" sport direktori "Al Hilol"da ishlaydi
07.09.2026 12:08 Ўқилди: 84
Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hamkorlik Xyuzning o'z tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilindi. Mutaxassis bu qarorini yangi chorlovlarga intilish istagi bilan izohladi. Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, tez orada u Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi sport direktoriga aylanadi.
Xyuz 2024 yilning yozidan buyon "Liverpul"da sport direktori vazifasida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 10 yil davomida "Bornmut"da texnik direktor bo'lgan.
Xyuzning o'rniga asosiy da'vogar sifatida 2012 yildan buyon "Liverpul" tuzilmasida faoliyat yuritayotgan va 2022/23 yilgi mavsumda sport direktori lavozimida ishlagan Julian Uord ko'rsatilmoqda.