"Biz har doim yanada yaxshiroq bo'lishga qodirmiz". Flik - "Valensiya" ustidan qozonilgan g'alaba haqida
07.09.2026 09:16 Ўқилди: 242
"O'yin ajoyib kechdi, biz dastlabki daqiqalardan tashabbusni o'z qo'limizga oldik. Hamma narsa nazoratimiz ostida edi. Men aynan shuni ko'rishni xohlayman. Men uchun eng muhimi - uch ochko, ammo yuqori darajadagi jamoaga ega ekanimiz ham quvonarli.
Hatto 5:0 hisobida ham biz tinimsiz hujum qildik va hujum qilaverdik. Jamoamiz o'z o'yinlarining borishini yaxshiroq nazorat qilishini xohlayman. Shuningdek, kuchimizni tiklab olishimiz kerak. Biz har doim yanada yaxshiroq bo'lishga qodirmiz, hech narsa mukammal bo'lmaydi", - deydi Flikning so'zlarini Marca.