
"Yuventus" - "Milan" 1:1
Gollar: 68 - Alfajo Sisse, 90+2 - Federiko Gatti
“Yuventus”: 25. Gulelmo Vikario, 15. Per Kalyulyu, 3. Bremer, 26. Jon Lukumi, 2. Zeki Chelik (4. Federiko Gatti, 89’), 5. Manuel Lokatelli, 12. Duglas Luis (27. Nik Voltemade, 75’), 7. Shiku Konseysau (11. Edon Jegrova, 89’), 9. Randal Kolo Muani, 31. Nikolas Gonsales (8. Tyon Kopmeyners, 64’), 17. Kerim-Sem Alaybegovich (13. Jeremi Boga, 64’).
Zaxira: 1. Kamil Grabara, 23. Karlo Pinsolo, 6. Lloyd Kelli, 24. Daniele Rugani, 41. Augusto Ovusu, 46. Filippo Panyukko.
“Milan”: 16. Mik Menyan, 34. Mario Xila (42. Filippo Terrachchano, 88’), 5. Koni de Vinter, 31. Straxinya Pavlovich, 14. Luka Modrich (30. Ardon Yashari, 82’), 80. Yunus Musa, 12. Adrien Rabo (21. Samu Chukveze, 61’), 2. Pervis Estupinyan, 9. Gonsalu Ramush, 56. Aleksis Salemakers (8. Ruben Loftus-Chik, 61’), 22. Diegu Moreyra (70. Alfajo Sisse, 61’).
Zaxira: 1. Petro Terrachchano, 96. Lorenco Torriani, 13. Sanxun Diavara, 23. Fikayo Tomori, 33. Davide Bartezagi, 28. Kristian Komotto, 11. Kristian Pulishich, 20. Omari Xatchinson, 73. Franchesko Kamarda.
Ogohlantirishlar: 79 - Pervis Estupinyan, 90+2 - Koni de Vinter, 90+6 - Alfajo Sisse, 90+6 - Federiko Gatti
90+7. O'yin yakunlandi!
90+6. So'nggi daqiqalarda endi milanliklar oldinga o'tmoqda. Gol muallifi va Sisse va Gatti bahslashib qoldi.
90+3. “Yuventus” tobora golga qarab kelayotgandi va o'z maqsadiga erishdi. “Milan”, himoyalanish yaxshi emas!

90+2. GOL! Gatti hisobni tenglashtirdi! Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Federiko bosh bilan darvozaga “mixlab” qo'ydi!
90+1. Boganing uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng Menyan to'pni ushlab oldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
89. Har ikki jamoa o'zgarishni amalga oshirdi: “Milan” himoyaviy, “Yuventus” hujumkor futbolchilarni o'yinga tashladi.
86. “Milan” jarima maydonchasi ichida palapartishlik yuz berdi, ammo hech bir “Yuve” a'zosi darvozaga yakuniy zarbani berolmadi…
85. Voltemade jarima maydonchasi ichidan darvoza tomon zarba berdi, biroz noaniq…
84. Mana endi yaqin masofadan yana bir jarima zarbasi: bu safar Voltemadega qarshi qo'pollik ishlatildi.
82. Konseysau jarima zarbasidan to'pni uzatib berdi, yakuniy zarba yo'q.
80. So'nggi dekada boshlandi, har ikki jamoa ham hujumlarni ko'paytiradi.
75. Turinliklar endi oldinga yurishlarni oshirishgan, biroq aytarli xavfli holat ko'rmayapiz, hozircha.
69. Gol ko'rdik o'yinda, endi buyog'iga “Yuve” ikki karra faollashishi aniq.

68. GOL! Sisse hisobni ochdi! Chukeezening uzatmasidan so'ng Alfajo to'pni darvozaga kiritdi!
61. “Milan”dan faollik ko'ryapmiz. Jamoa hujumlarni oshirdi.
55. Zarba! Konseysauning uzoqdan yo'llagan zarbasi bu safar darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…
52. Duglas Luisning zarbasi milanlik himoyachiga tegib qaytdi.
49. Kolo Muani oldinga yurish qilgandi, biroq ikki himoyachi taqibidan o'tib keta olmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Alaybegovichning zarbasi darvozaga aniq bormadi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
45. Hozirgacha maydonda eng ko'p masofani Salemakers bosib o'tibdi - 5,5 km.
43. Bo'lim so'nggida turinliklarning hujumlari soni oshmoqda, jamoa golga yaqin kelyapti.
38. Konseysau juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Menyandan super seyv!
36. Uchrashuvda temp yuqori emas, boshida zarbalar ko'rayotgandik, hozir shular ham yo'q. Maydon markazida bo'lmoqda o'yin.
29. Modrichning jarima zarbasidan uzatgan to'pi hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi.
25. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
25. Konseysauning zarbasidan so'ng Menyan to'pni qaytardi, bo'sh qolgan darvozaga esa Lokatelli to'pni kirita olmadi…
20. Mik Menyanda muammo yuzaga kelgan ko'rinadi, o'z-o'ziga yordam ko'rsatmoqda.
18. Chelik ikki bor Moreyrani aldab o'tib, havolatib to'pni Kolo Muaniga uzatdi, biroq milanlik himoyachi bu vaziyatda yaxshi harakat qilib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.
15. Duglas Luisning uzoq masofadan tepgan to'pi yo'l-yo'lakan Kolo Muaniga tegib, kuchini yo'qotdi va to'p Menyanning qo'liga borib tushdi.
13. Endigi zarbasi esa Rabiodan bo'ldi, biroq to'p osmon-u-falakka ketdi.
12. Niko Gonsales bir himoyachidan o'tib, darvoza tomon zarba berdi, Menyan to'pni qaytarib yubordi! Dastlabki xavfli vaziyat deyish mumkin.
4. Estupinyan endi zarba berishga urindi, biroq bunga turinlik himoyachilar “blok” bilan javob berishdi.
2. Alaybegovichdan o'yindagi ilk zarbani ko'rdik, noaniq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Italiya A Seriyasi 3-tur doirasidagi markaziy uchrashuv - "Yuventus" - "Milan" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17683 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10164 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6607 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5442 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5247 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5118 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5047 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4759 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4439 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
![]() | 31.08.2026 19:56 Ўқилди 4235 "Chelsi" Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan aloqaga chiqdi |
Реклама
Сайт хақида