Neymar jiddiy jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi
05.09.2026 08:48 Ўқилди: 112
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Gabriela Arantes Brinoning ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining tiklanishi 4 haftadan 6 haftagacha vaqt oladi.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi Braziliya kubogi doirasida "Palmeyras"ga qarshi kechgan javob o'yinida (0:0) mushaklaridan jarohat oldi va ikkinchi bo'limga maydonga tusha olmadi. "Santos" keyingi bosqichga chiqa olmadi, chunki dastlabki o'yinda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Joriy mavsumda 34 yoshli Neymar barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.