
"Alamli mag'lubiyatga uchradik. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. O'yinga biroz boshqacha reja tuzgandik. Birinchi bo'limda hisobni ushlab turib, tanaffusdan so'ng yangi kuchlar bilan oldinga boramiz deb. Burchak to'pidan gol o'tkazib yubordik va barchasi buzilib ketdi. Darrov ikkinchi golni o'tkazdik. Keyin esa o'zimizga kela olmadik. Ko'p vaziyatlarda maydon markazini raqibga berib qo'ydik. Ikkinchi bo'limda yangi futbolchilarni maydonga tushirib, o'yinni o'zgartirmoqchi edik. Lekin chetlatish rejamizni amalga oshirmadi", - deya gap boshladi Islom Ahmedov.
- Qizil kartochkani aytib o'tdingiz. "Andijon" qizil kartochkaga qaramay, hujumchi bo'lgan Boake maydonga tushmoqda. Sizning jamoangizga biroz balans yetishmayotgandek. Hujumga ko'proq urg'u berilayotgandek. Neytral muxlislar uchun bu zo'r, ammo jamoangizning salbiy natijalari aynan balans yetishmovchiligi uchundek go'yo...
- To'g'ri, hisob 0:0 bo'lib turganda himoyachini maydonga tushirish va natijani saqlab qolishimiz mumkin edi. Lekin biz 0:2 hisobida ortda borayotgan edik. Hujumga o'tmasak bo'lmasdi. Shuning uchun tavakkalchilikka qo'l urdik...
- To'g'ri, ammo "Paxtakor" bilan bo'lgan o'tgan o'yinda ham Chalasan o'rniga hujumkor o'yinchini maydonga tushirgan edingiz. Siz faqat hujum haqida o'ylayotgandek. Biz muxlislar uchun bu shunchaki ajoyib.
- U uchrashuvda Andronikashvili bor edi. U so'nggi himoyachi poziciyasida o'ynay oladi. Uni markaziy himoyaga o'tkazib, oldinga futbolchi qo'ygan edik. Bugun yutqazayotganimiz uchun hujumga urg'u berdik. 0:2 yutqazamizmi yoki 0:3 farqi yo'q.
- Bugun maydonda Potapov emas, Adhamov bo'lganida qizil kartochka bilan bog'liq bo'lgan vaziyat boshqacha yakun topishi mumkin edimi?
- Darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashaman. So'nggi o'yinda Potapov yaxshi o'ynadi. Yaxshi o'ynab turgan darvozabonni o'zgartirish noto'g'ri bo'lardi.
- Dragan Cheran nega bugun o'ynamadi?
- Rejamiz bo'yicha Dragan ikkinchi bo'limda maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishi kerak edi. Qizil kartochka esa rejalarimizni o'zgartirishga majbur qildi. Behzod Sulaymonov himoyachi sifatida ham o'ynay olgani uchun uni maydonga tushirdik.
- Babayan faqatgina yirik jamoalarga mag'lub bo'lgandi. Islom Ahmedov esa ko'pincha o'rtamiyona jamoalarga qarshi yaxshi natija qayd etmoqda. Islom Ahmedov "effekti" katta jamoalarga ta’sir qilmaydimi? Katta jamoalarni mag'lub eta olmaydimi?
- Birinchi davrada "Bunyodkor"ga qarshi o'ynaganimizda "qaldirg'ochlar" uchinchi o'rinda ketayotgan edi. Birinchi davradagi "grand" jamoalarga qarshi o'yinimizni solishtirsak, ikkinchi davradagi o'yin sifati yaxshiroq. To'g'ri, natija bo'yicha mag'lub bo'ldik. Lekin hozir hujum qilyapmiz. Mag'lubiyat bilan mag'lubiyatning farqi bor. Hozir ko'proq hujum qilyapmiz. O'zimizning xatolardan so'ng gol o'tkazib yuboryapmiz. "Neftchi"ga qarshi o'yinda chetlatishga qadar yaxshi o'ynab turgandik.
- Birinchi davraga nisbatan jamoa ancha tezkor bo'ldi. Hozirgi "Andijon"da "yashirin qurol" bormi? Masalan, Xomyakov davrida jamoa "osmon qiroli" edi...
- Bizda bo'yi baland o'yinchilar ko'p emas. Dragan va Martin bor. Dragan ancha orqada o'ynayapti. Bizning futbolchilarimiz to'pni yaxshi nazorat qila oladi. Ustunligimiz shu. Bor tarkibimizdan kelib chiqib, to'pni yerda ushlab, kesuvchi paslar orqali o'ynayapmiz. Burchak zarbalardan ham gol urdik, lekin har doim standart vaziyatlardan gol urmayapmiz. Standart vaziyatlarga ega, to'pni nazorat qilishga ko'proq e'tibor beryapmiz.
- Potapov o'rtamiyona jamoalarga qarshi yaxshi o'ynayotgandek. Adhamovni asosiy tarkibga qo'yish to'g'ri qaror bo'lmasmidi...
- Oldindan nima bo'lishini bilganimizda shunday qaror qilardik. Rejamiz bugun ish bermadi. Aniqrog'i, rejamiz buzilib ketdi. Kutilmaganda o'yin startida ikkita gol o'tkazdik. Keyin esa chetlatish. Oldindan bilganimizda boshqacha yo'l tutardik.
- Dragan Cheran so'nggi uchrashuvlarda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda. Gap-so'zlarga qaraganda Cheran murabbiylar shtabi bilan kelishmovchilikka borgan. Bugun esa u zaxirada qoldi.
- Yo'q. Oramizda kelishmovchilik yo'q. Dragan so'nggi o'yinlarda ikkinchi bo'limda maydonga tushib, o'yinni kuchaytiryapti. U maydonga tushib, to'pni nazorat qilyapti. Raqiblar charchagan holatda esa bo'sh zonalar topayotgan edi. O'yindan oldin har doim Cheran bilan gaplashamiz. Bugungi rejamiz esa chetlatish tufayli ish bermadi. Dragan maydonga tushmaganidan so'ng kayfiyati biroz tushdi.
- Necha mavsumlar davomida eng yaxshi to'purar bo'lib kelgan Cheran hozirgi bajarayotgan roliga ko'nyaptimi? Har bir futbolchining "ego"si bo'ladi. Ayniqsa Cherandek katta futbolchining.
- Yo'q. Biz Dragan bilan gaplashganmiz. U o'zi ikkinchi bo'limda raqib charchaganida maydonga tushsa yaxshiroq bo'lishini aytgan. Bunday taklif o'zidan chiqqan. Mashg'ulotlardagi harakatiga ko'ra u asosiy tarkibda ham o'ynay oladi. Lekin uni ikkinchi bo'limda maydonga tushirishimizni so'raydi.
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17623 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10101 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6532 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5409 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5214 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5085 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5020 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4754 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4735 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 31.08.2026 19:56 Ўқилди 4208 "Chelsi" Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi bilan aloqaga chiqdi |
Реклама
Сайт хақида