"Chelsi" yozda 39 ta o'yinchi bilan xayrlashdi, jamoada 30 kishi qolmoqda - BBC
04.09.2026 08:24 Ўқилди: 240
BBC nashrining xabar qilishicha, "ko'klar" umumiy qiymati 400 mln evrodan ortiq bo'lgan futbolchilarni sotgan. Jam bo'lib 17 ta futbolchi sotildi, 22 ta o'yinchi esa ijaraga ketdi.
Bundan tashqari, jamoani erkin agent maqomida tark etgan to'rt nafar yosh o'yinchi bu hisobga kirmagan. Barcha sotuvlarga qaramay, "Chelsi"ning asosiy jamoasi tarkibida hamon 30 kishi ro'yxatda turibdi.
Sotilgan yoki ijaraga berilgan 39 ta o'yinchi orasida Enco Fernandes va senegallik hujumchi Nikolas Djekson ajralib turadi. Enconing 145 mln evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tishi Britaniya rekordini takrorlagan bo'lsa, Djekson 75 mln evro evaziga "Aston Villa"ga o'tdi.