
- Muhimi uch ochkoga ega bo'ldik. Muxlislarbop o'yin bo'ldi. Bundan oldingi uchrashuvlarda ham muxlislarga yoqadigan o'yinlar ko'rsatayotgandik, faqatgina gol urish bobida oqsayotgandik. Bugun Hudoga shukur, 5-6 imkoniyatning bittasidan foydalandik. Bizga pand berayotgan narsa faqatgina shu edi: tepayotgan to'plarimiz darvozadan o'rin olmayotgandi. Ikkinchi bo'limda Aziz Xolmurodovning o'zida 3ta yuz foizlik imkoniyat bo'ldi. Shuningdek, Nodir Abdurazzoqov va Asadbek Sobirjonovlarda ham yaxshi vaziyatlar bo'lgandi. Bunday imkoniyatlarda raqiblarni kechirish kerak emas. Bu borada ishlayapmiz, yigitlarga barchasini tushuntiryapmiz. Buyog'iga yigitlar o'zlariga hulosa chiqarib, keyingi o'yinlarda ko'proq gollar ko'ramiz, degan umiddaman. "Xorazm"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- So'nggi 3 o'yinda jamoa umuman gol ura olmadi, lekin ko'plab vaziyatlar yaratildi. Bu jamoaning ruhiyatiga qandaydir ta’sir o'tkazmaydimi?
- Faqatgina 3ta emas. "Nasaf" bilan o'yinda Abduvohid Ne'matov bir qancha vaziyatlarda jamoasini yaqqol gollardan qutqardi. Haqiqatdan ham bizda ko'plab yaxshi imkoniyatlar bo'lmoqda. Agarda bu ruhan ta’sir qilganida jamoa buncha vaziyatlar yarata olmasdi. Nafaqat bizda, balki, butun dunyoda ham jamoalar shunday qiyin holatlarga tushib qolishini, yaxshi vaziyatlardan foydalana olmasligini ko'rganmiz. Biz barcha ko'rsatmalarni berishda davom etyapmiz. Barchasi futbolchining o'ziga qolgan. Bu holat nafaqat menga, balki, futbolchilarga ham tajriba bo'ladi. Ular bundan to'g'ri hulosa chiqarishadi degan umiddaman. Bu ko'pchilikning mehnati. Agar hujumda shunday vaziyatlardan gollar ura olishmasa, qarshi hujumlarda gollar o'tkazib yuborish ham hech narsa emas. Keyingi o'yinlarda hujumchilar bunday vaziyatlardan foydalana olishadi degan umiddaman va niyat qilib qolaman.
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17599 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10086 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6520 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5385 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5193 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5067 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5005 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4742 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4717 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4652 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
Реклама
Сайт хақида