"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi "Chelsi"ga o'tishga yaqin
03.09.2026 08:24 Ўқилди: 492
London klubi niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin. Kelishuv 90 foizga hal bo'lgan. Futbolchiga 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan (yana bir mavsumga uzaytirish sharti bilan) shartnoma taklif qilingan.
Eslatib o'tamiz, hozirda Veynaldum erkin agent maqomida turibdi. 35 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi Saudiya Arabistoning "Al Ittifoq" klubi bo'lgan. U Saudiya jamoasi safida 3 yil davomida jami 101 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 38 ta gol va 17 ta assist qayd etgan.