
Argentina futbol assosiasiyasi (AFA) mamlakat chempionatining barcha divizionlaridagi navbatdagi tur o‘yinlari milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messi sharafiga 10-daqiqada vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qildi.
«Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlarda — futbol, futzal va sohil futbolida — navbatdagi uchrashuvlarning birinchi bo‘limi 10-daqiqaga yetganida o‘yin to‘xtatiladi. Argentina milliy jamoasi safidagi faoliyati uchun Lionel Messiga minnatdorlik ramzi sifatida bir daqiqalik olqishlar tashkil etiladi.
Ekranlar o‘rnatilgan stadionlarda esa uchrashuvlar boshlanishidan oldin rasmiy videorolik namoyish etilishi shart», — deyiladi AFA bayonotida.
Avvalroq Lionel Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.
Messi terma jamoa safida 2022 yilgi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, u ikki bor Amerika kubogini qo‘lga kiritdi — 2021 va 2024 yillarda. Bundan tashqari, 2022 yilgi Finalissima hamda 2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham chempionlikka erishgan.
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 19109 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17572 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10062 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6484 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5364 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5175 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5037 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 4984 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4730 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4699 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
Реклама
Сайт хақида