Yugoslaviya futboli afsonasi 65 yoshida vafot etdi
03.09.2026 08:11 Ўқилди: 30
Yugoslaviya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ivan Gudel 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda Serbiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ivan Gudel olamdan o‘tdi. U Yugoslaviya terma jamoasining buyuk futbolchilaridan biri edi. Uning nomi va faoliyati futbolimiz tarixida chuqur iz qoldirdi», — deyiladi ittifoq bayonotida.
Gudel butun professional faoliyati davomida «Xayduk» sharafini himoya qilgan. U jamoa bilan 1983/84 yilgi mavsumda Yugoslaviya kubogini qo‘lga kiritgan.
Yarim himoyachi Yugoslaviya terma jamoasi safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan.
Gudel 1982 yilgi jahon chempionati va 1984 yilgi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan.