"Man Siti" Bani "Augsburg"ga 20+ mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga berdi
03.09.2026 01:48 Ўқилди: 2894
Germaniya klubi 20 yoshli himoyachini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olganini e'lon qildi. Fabricio Romano ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining to'liq transferi bavariyaliklarga 20 million evrodan ko'proqqa tushadi.
Ba 2025 yilning yanvar oyida "Manchester Siti"ga kelib qo'shilgan edi va uchinchi marotaba ijaraga ketmoqda - avvalroq uni "Lans" va "Nicca" ijaraga olgan edi. Juma "shaharliklar" safida hali birorta ham o'yin o'tkazmagan.