"Biz Mishaning "Tottenxem"dagi faoliyatini kuzatib borish va uni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini intiqlik bilan kutamiz. Omad, Mixail", - deyiladi "Chelsi" bayonotida.
Avvalroq jurnalist Fabricio Romano kelishuvda hujumchini 75 mln funtga (taxminan 87,5 mln evro) sotib olish huquqi borligi, ammo bu majburiy emasligi haqida xabar bergan edi.
2024 yilning dekabr oyida Mudrikning organizmida taqiqlangan meldoniy preparati aniqlangan edi. Diskvalifikaciya bekor qilingach, ukrainalik futbolchi "Chelsi" safida uchta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi.