"Tottenxem" himoyachisi Kevin Danso ijara huquqi asosida "Sanderlend"ga o'tdi
02.09.2026 01:00 Ўқилди: 342
Jamoalar o'rtasidagi kelishuv bir qator sport mezonlari bajarilgan taqdirda, keyingi yozda futbolchini to'liq sotib olish majburiyatini o'z ichiga oladi.
2025 yilning fevral oyida Danso Fransiyaning "Lans" klubidan ijara asosida "shporlar" safiga kelib qo'shilgan edi, keyingi mavsum boshlanishi oldidan esa klubga doimiy asosda o'tdi. Jamoa tarkibida u 52 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.
Kevin Danso Avstriya terma jamoasi safida 36 ta o'yin o'tkazgan, Evro-2024da jamoa tarkibida bo'lgan va keyinchalik 2026 yilgi jahon chempionatining to'rtta o'yinida maydonga tushgan.