"Atletiko" "Yuventus"dan Devidni 25 mln evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi
02.09.2026 00:24 Ўқилди: 1365
Turin klubining xabar qilishicha, kelishuvda "Atletiko" uchun Kanada terma jamoasining 26 yoshli futbolchisini 25 million evroga sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan. Ushbu opciya faollashtirilgan taqdirda, mazkur summa to'rt yil davomida to'lab beriladi.
O'tgan mavsumda Devid Seriya Aning 35 ta o'yinida 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'z uyida o'tkazilgan JCH-2026da u 5 ta o'yinda 3 ta gol urdi - Qatar darvozasiga xet-trik qayd etdi.