Yamal kuchli beshlik ligalarining rekordini yangiladi
01.09.2026 08:32 Ўқилди: 1252
Bu voqea Ispaniya La Ligasining 3-turidan o'rin olgan o'yinda sodir bo'ldi.
Yamal uchrashuvning 21-daqiqasida o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
Futbolchi 50 ta urilgan gol marrasini 19 yosh 1 oy 18 kunligida zabt etib, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand va "Real" forvardi Kilian Mbappening natijalarini yangiladi.