Joze Mourinyu Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi
01.09.2026 07:56 Ўқилди: 2295
"Ajoyib va unutilmas xalqaro faoliyat bilan tabriklayman.
Keyingi Amerika Kubogi va keyingi jahon chempionati mutlaqo boshqacha bo'ladi", - deb yozdi Mourinyu Messining ijtimoiy tarmoqdagi posti ostida.
Avvalroq Messi bu haqdagi qarorini ijtimoiy tarmoqda e'lon qilgan edi. Hujumchi 2005 yildan beri Argentina asosiy terma jamoasi safida to'p surib kelayotgan edi. U Argentina terma jamoasi safida jami 207 ta o'yin o'tkazib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Argentina milliy terma jamoasi safida Messi 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022 yilgi Finalissima kubogini qo'lga kiritgan.