MYU ketma-ket 7 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti - 4 ta mag'lubiyat, 3 ta durang
22.10.2026 00:08 Ўқилди: 19774
Maykl Kerrik jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida "Komo"ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bu mankunianliklar uchun oxirgi ettita o'yindagi to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi, shuningdek, ushbu oraliqda ular uch marta durang o'ynashdi.
Takidlash joizki, joriy mavsumdagi 11 ta o'yinda "Yunayted" bor-yo'g'i ikkita g'alabani qo'lga kiritdi - "Ipsvich" (5:2) va "Sabax" (4:0) ustidan.