
15-turning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Ne'matov (“Nasaf”)
“Nasaf” bu turda Olmaliqda OKMK mehmoni bo'lib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi. E'tiborlisi, uchrashuvdagi dastlabki golga aynan darvozabon Abduvohid Ne'matov assistentlik qildi. 8-daqiqada uning uzun pasidan keyin to'pni qabul qilib olgan hujumchi Bobir Abdixoliqov to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'yib, hisobni ochdi. Bundan tashqari, Abduvohid bahs mobaynida muhim pallalarda jamoasi joniga ora kirdi va munosib ravishda tur darvozaboni deb topildi.

15-turning eng yaxshi murabbiyi - Ro'ziqul Berdiev (“Nasaf”)
Yuqorida takidlanganidek, Ro'ziqul Berdiev jamoasi bu tur Olmaliqda Mirjalol Qosimov qo'l ostidagi OKMK bilan ro'baro' keldi (2:1). Tur markaziy bellashuvlaridan birida Berdievning ishlanmalari ish berib, qarshiliklar olmaliqliklarning tinimsiz bosimiga qaramay, himoyada tartibli harakat qilishdi va g'alabani saqlab qolishdi. Shunday qilib, tajribali mutaxassis tur murabbiyi sifatida etirof etildi.

15-turning eng yaxshi futbolchisi - Husayn Norchaev (“Navbahor”)
Yaqin-yaqingacha og'ir jarohatdan tiklanish bilan band bo'lgan hujumchi Husayn Norchaev o'zining zo'r sport formasiga qaytib bormoqda. U “Xorazm” bilan bahsda shunchaki yayradi va naqd 4 ta to'p kiritdi. “Navbahor” uning pokeri evaziga raqibni 5:1 hisobida tor-mor keltirdi. Championat.asia sayti 24 yoshli futbolchini tur futbolchisi nomiga loyiq ko'rdi.

15-turning eng chiroyli goli muallifi - Azizbek Choriev (“Mashal”)
“Mashal” bu turda o'z maydonida “So'g'diyona”ni mehmon qilib, 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Muborakliklarni bu o'yinda xursand qilgan jihat zaxiradan qo'shilgan himoyachi Azizbek Chorievning olis masofadan urgan super goli bo'ldi. Uning 90+3-daqiqada bergan zarbasi oldida tajribali posbon Milat Mitrovich ojiz qoldi. Quyida golni ko'ring va shunchaki zavqlaning.

![]() | 28.07.2026 01:56 Ўқилди 17261 "Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi |
![]() | 04.08.2026 02:11 Ўқилди 14100 Indoneziya prezidenti JCH-2030ga chiqishni umummilliy vazifa deb atadi |
![]() | 02.08.2026 03:08 Ўқилди 7075 Superliga. “Buxoro” - “Lokomotiv” 2:1 |
![]() | 28.07.2026 00:24 Ўқилди 4480 Mirko Yyelichich: "Birinchi bo'limni juda yomon o'tkazdik" |
![]() | 27.07.2026 20:08 Ўқилди 4346 Superliga. "Andijon" – "Buxoro" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 25.07.2026 22:32 Ўқилди 4004 Baxtiyor Umarov: "Raqibdan faqat kurashga asoslangan bunday o'yinni kutmagan edik" |
![]() | 02.08.2026 01:08 Ўқилди 3846 Kabo-verdelik darvozabon Vozinya faoliyatini Marokashda davom ettirishi mumkin |
![]() | 03.08.2026 20:32 Ўқилди 3666 Superliga. "Dinamo" – "Neftchi" (matnli translyatsiya) |
![]() | 28.07.2026 20:11 Ўқилди 3244 UFC sobiq chempioni Jon Jons Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi |
![]() | 27.07.2026 08:24 Ўқилди 3082 AS Mourinyoga maqul kelmagan va bu transfer oynasida "Real"ni tark etadigan futbolchilar nomini ma'lum qildi |
Реклама
Сайт хақида