"Al Hilol" O'zbekiston terma jamoasiga gol urgan hujumchi uchun 70 mln. evro taklif qiladi
28.07.2026 01:56 Ўқилди: 8296
"Al-Hilol" Luis Diasning transferi ustida ish olib bormoqda. Saudiya Arabistoni klubi "Bavariya" vingeri uchun kamida 70 million evro miqdoridagi ilk taklifni tayyorlamoqda, deya xabar beradi L’Equipe. Takidlanishicha, futbolchining o'zi Yaqin Sharq ligasiga o'tishga qiziqish bildirgan, biroq myunxenliklar uni qo'yib yuborish niyatida emas. Bundesliganing o'tgan mavsumida kolumbiyalik futbolchi 32 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.