
Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto mamlakat milliy terma jamoasining 2030 yilgi jahon chempionatiga chiqishini umummilliy vazifa sifatida belgiladi.
Jakartada ochilgan Indoneziya futbol assosiasiyasi (PSSI) kongressi ishtirokchilariga murojaat qilgan davlat rahbari mamlakatning katta salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.
«Indoneziya buyuk mamlakat. Buyuk mamlakatlarning buyuk orzulari va ularni amalga oshirishga jasorati bo‘lishi kerak. Menimcha, Indoneziya 2030 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga munosib», — dedi Subianto.
Prezident Indoneziya 2026 yilgi jahon chempionati yo‘llanmasiga yaqin kelganini, ammo saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Iroq terma jamoalariga mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chetda qolganini eslatdi.
Shu munosabat bilan u PSSI rahbariyatiga JCH-2030ga tayyorgarlik bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish vazifasini yuklatdi. Mazkur reja mamlakat futboli rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasiga asos bo‘lishi lozim.
Subianto klublar, futbol akademiyalari, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar, mahalliy hokimiyatlar, biznes vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilikni yagona maqsad yo‘lida birlashishga chaqirdi.
«Bu buyuk maqsadga faqat hukumat yoki PSSIning o‘zi erisha olmaydi. Bu — butun millatning vazifasidir», — dedi Indoneziya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, 2030 yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Turnirning ochilish uchrashuvlari esa Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvayda o‘tkaziladi.
![]() | 22.09.2026 01:24 Ўқилди 18953 Infantino FIFAning barcha 211 a'zosiga xat yubordi |
![]() | 15.09.2026 02:56 Ўқилди 14439 "Paxtakor" ustozi: "Havo harorati va yuqori namlik qiyinchilik tug'dirdi" |
![]() | 19.09.2026 02:00 Ўқилди 11582 APL. "Chelsi" "Brentford" maydonida yirik hisobda yutqazdi |
![]() | 14.09.2026 19:56 Ўқилди 9964 Pioli Saloh o'ynayotgan jamoani boshqarishi mumkin |
![]() | 20.09.2026 19:40 Ўқилди 9828 Superliga. "Lokomotiv" - "Neftchi" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 20.09.2026 02:00 Ўқилди 8718 La Liga. "Barselona" Rafinyaning xet-trigi evaziga "Sevilya"ni mag'lub etdi |
![]() | 13.09.2026 20:32 Ўқилди 7732 LIVE. APL. "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 22.09.2026 09:48 Ўқилди 6627 TEAMtalk APLning autsayder klubi Ikardini o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanini ma'lum qildi |
![]() | 21.09.2026 02:00 Ўқилди 6198 PSJ Liga 1da "Marsel"ni mag'lub etdi, Ferran Torres gol urdi |
![]() | 20.09.2026 19:16 Ўқилди 6056 LIVE. La Liga. "Atletiko Madrid" – "Real Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
Реклама
Сайт хақида